Oʻzbekistonda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda IT sohasida oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar 50 mingdan oshdi.
Bunday yoshlar yiliga ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqda. Lekin bizda ularni boshini qovushtiradigan, muammolarini eshitib, huquqlarini himoya qiladigan tizim yoʻqligi ta’kidlandi.
Shundan kelib chiqib quyidagilar belgilandi:
- ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi;
- IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga «ijtimoiy karta» beriladi;
- yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi.
Avvalroq «Kursiv» ehtiyojmand talabalarning kontraktlari uchun 332 milliard soʻm ajratilgani haqida xabar bergan edi.