Otabek Umarov Telegram asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda Umarov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi
Foto: Otabek Umarov / Telegram

Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi prezidenti Otabek Umarov Telegram asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi. Bu haqda Umarov oʻzining Telegram kanalida malum qildi.

Umarov Oʻzbekistonda Telegramga alohida iliq munosabat bildirilishini ta’kidladi.

«Telegram biz uchun shunchaki birinchi raqamli messenjerdan kattaroq narsadir. Biz uning yordamida yaqinlarimiz bilan doim aloqada boʻlish bilan birga, yangiliklardan xabardor boʻlamiz. Telegram har qanday masalada mobil internetning deyarli har bir foydalanuvchisiga yordam beradi», deya yozadi Umarov.

Shuningdek, Umarov Pavel va uning yaqinlarini mehmondoʻst Oʻzbekiston zaminida qabul qilish haqiqiy sharafga aylanganini bildirdi.

«Ularning barchasi yuksak darajadagi oʻz ishining ustalari boʻlibgina qolmay, balki dunyoga qalbi ochiq boʻlgan ajoyib insonlar ekanligiga shaxsan ishonch hosil qilish benihoya yoqimli hissiyotdir. Umid qilamizki, Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlari qoldirgan taassurotlar hamda Telegram foydalanuvchilari bilan muloqot ularga yangi texnologik yechimlarni yaratishga ilhom beradi», deya soʻzlarini yakunladi u.

Avvalroq «Kursiv» Pavel Durov Samarqand va Buxoroga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek