O‘zbekiston aholisining 77,6 foizi suv ta’minotiga ulangan
eʼlon qilindi
"O‘zsuvta’minot" xabariga ko‘ra
Respublika aholisining 77,6 foizi suv ta’minotiga ulangan, deb xabar beradi «O‘zsuvta’minot» matbuot kotibi Akmal Murodov.
Toshkent shahri (99,7 foiz), Andijon viloyati (90,9 foiz) va Xorazm viloyati (90,4 foiz) boshqa viloyatlarga nisbatan ko‘proq ichimlik suvi bilan ta’minlangan.
Qashqadaryo (59,4 foiz), Surxondaryo (62,9 foiz) va Jizzax (70,4 foiz) viloyatlarida bu boradagi muammolar ko‘proq. Bu hududlarda suv ta’minoti qamrovini oshirish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, deb qo‘shimcha qildi matbuot kotibi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston aholisining deyarli 23 foizi markaziy suv ta’minoti tizimiga ulanmaganini e’lon qilgan edi.