Yangiliklar

O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni 20 foizga oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: inbusiness.kz

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-iyun holatiga koʻra xorijiy kapital ishtirokida roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar soni 20,5 mingtadan oshdi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 20 foizga koʻpdir, deya xabar beradi Statistika agentligi.

2022-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 14,5 ming, 2021-yilda 13,1 mingtani tashkil qilgan.

So‘nggi yillarda respublikaga $60 milliarddan ortiq xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi, shundan $14 milliard ijtimoiy va infratuzilmani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

Joriy yilda O‘zbekiston hukumati $32 milliardlik xorijiy sarmoyani jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatida Xitoy investorlari ishtirokida sanoat parki ochilishi haqida e’lon qilgan edi.