Poytaxt akvaparklaridan birida bola cho‘kib ketishiga sal qoldi
27-iyun kuni poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan Plavinchi akvaparkida 3-4 yoshli bola choʻkib ketishiga sal qoldi. Bu haqda Facebookʼdagi «Potrebitel.uz» guruhi a’zosi xabar berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, voqea taxminan soat 16:20 da sodir boʻlgan. Hovuz chetiga yaqinlashganida, suvni ichida jonsiz bolani koʻrgan. Keyin esa darhol shoʻngʻigan va bolani suvdan chiqarib olgan. Qutqargan ayol boshqa inson bilan birga jabrlanganga birinchi yordam koʻrsatishdi. Ular bolani yerga yotqizdilar, sun’iy nafas qilishdi, yurak massajini oʻtkazdilar, shuningdek, havo a’zolarini suyuqlikdan tozalashdi.
«Bolaning tanasi koʻkargan va nafas olmayotgan edi, qoʻllari qisilgan va qorni shishib ketgan edi», deb yozadi u.
3-4 daqiqadan soʻng ular bolani hushiga keltirishga muvaffaq boʻlishdi. Ayolning soʻzlariga koʻra, jabrlanuvchi akvaparkga buvisi bilan kelgan.
«Voqea sodir boʻlgan vaqtda xodimlar yoq edi. Bola oʻziga kelgach akvapark xodimlari ham paydo boʻlishdi. Ba’zilar nevarasiga qaramagan buvisi aybdor, deyishdi. Tez yordam chaqirishni soʻradik, yaxshi dedilar, lekin hech kim qoʻngʻiroq qilmadi. Xodimlar yosh maktab oʻquvchilariga oʻxshaydi. Keyin bir ishchi kelib, nima boʻlganini soʻradi. Men unga hamma narsani aytib berdim va bola choʻkkanida qayerda boʻlganini soʻradim. U esa quyidagicha javob berdi: “Koʻchada edim». Jabrlanganlar ketayotganda bir xodim yonimga kelib, suzayotganimga tanbeh berdi, garchi men bu yerga bolalar kuzatuvchisi sifatida kelganman”, dedi ayol «Kursiv»ga.
Hovuz yaqinida qutqaruvchilar bormi, degan savolga ayol bunday xodimlarni koʻrmaganini aytdi.
«Kursiv» muxbiri akvapark ma’muriyati bilan bogʻlanishga harakat qildi, ammo muassasa xodimlari izoh berishdan bosh tortdilar.