Toshkentdagi «Chorsu» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi – foto va video
Toshkentda juma kuni «Chorsu» bozoridagi do‘konlar yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q, deb xabar qildi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
«12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 01:17 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 02:22 da qurshab olingan va hozirda yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda», deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Telegram-kanalida. Hodisa joyiga vazirlik boshlig‘i yetib borgan.
Qurbonlar haqida xabar kelib tushmadi.
Yong‘in aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Voqea joyiga «Kursiv» muxbiri borib, yong‘in oqibatlarini aks ettiruvchi video suratga oldi. Chorsu yong‘in oqibatida jabrlanganlar ro‘yxatini tuza boshladi.
«Chorsu» Toshkentdagi sayyohlar orasida eng yirik va mashhur bozorlardan biridir. Bozor gumbazi bilan mashhur.
«Kursiv» 18-iyun kuni Xorazmdagi bozorda sodir bo‘lgan yong‘in haqida yozgan edi.