Zominda II Xalqaro maqom san’ati anjumanining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Anjumanda 400 ga yaqin mehmonlar ishtirok etmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati

Jizzax viloyatining Zomin tumanida II Xalqaro maqom san’ati anjumani ochildi. Tantanali ochilish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlab, maqom san’atining tarixi va ahamiyatini e’tirof etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bergan edi.

«Maqom – umumbashariy tuygʻularni avj pardalarda tarannum etadigan nodir san’at turi sifatida ham biz uchun gʻoyat qadrlidir», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Birinchi Xalqaro maqom san’ati anjumani 2018-yilda Shahrisabzda boʻlib oʻtgan edi. Keyinchalik COVID-19 pandemiyasi sabab vaqtincha toʻxtab qolgan.

Forumda 80 dan ortiq davlatlardan 400 ga yaqin mehmonlar ishtirok etmoqda. Tadbir 30-iyunga qadar davom etadi.

Forumning tanlov dasturi doirasida «Eng yaxshi maqom ansambli», «Eng yaxshi yakkaxon cholgʻu ijrochisi» va «Eng yaxshi yakkaxon xonanda» yoʻnalishlari boʻyicha gʻoliblar e’lon qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» prezident Jizzaxdagi BYD zavodining ochilish marosimida ishtirok etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek