29-iyun kuni O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Aksariyat hududlarda chang-to‘zon ko‘tariladi
Rasm: istocktm014.gmail.com / depositphotos.com

Bugun, 29-iyun kuni respublikaning aksariyat hududlarida shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo harorati +40 darajada issiq bo‘ladi. Boshqa viloyatlarda havo 34-39 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo o‘zgarib turishi mumkin. Kunduzi havo harorati 36-38 daraja issiq va kechasi 23-25 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 25-30 daraja issiq va kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek