Balashixadagi yong‘in Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarning hayotiga zomin bo‘ldi

eʼlon qilindi
Eski yotoqxonada yong‘in chiqdi
Rasm: Rossiya FVV

Moskva yaqinidagi Balashixadagi yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in besh kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi. OAVning yozishicha, qurbonlar Markaziy osiyolik.

Vazirlik aniqlik kiritishicha, qutqaruvchilar yonayotgan binodan sakkiz kishi, jumladan, ikki bolani evakuatsiya qilgan. Yong‘inni o‘chirishga Rossiya Federatsiyasi FVV 63 nafar mutaxassisi va 23 ta maxsus texnika jalb etilgan.

Yong‘inga elektr tarmog‘ining avariya holatida ishlashi sabab bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda qayd etilishicha, bino 1949-yilda foydalanishga topshirilgan.

Avvalroq «Kursiv» Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlar soni kamaygani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek