BMT Bosh kotibi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
eʼlon qilindi
Guterrish Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga ham tashrif buyuradi
29-iyun kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Markaziy Osiyo davlatlariga safari boshlanadi.
Uning matbuot xizmatiga ko‘ra, u mintaqadagi davlatlarning har bir prezidenti bilan uchrashadi, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish loyihalari bilan tanishadi.
Bosh kotibning mintaqadagi birinchi manzili Toshkent bo‘ladi. Guterrishning Markaziy Osiyoga tashrifi 7-iyul kuni yakunlanadi. Oxirgi marta u Markaziy Osiyo mamlakatlariga 2017-yilda tashrif buyurgan edi.
Eslatib o‘tamiz, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbari o‘rinbosari Cho‘kan Laumulin yaqin orada Qozog‘iston va O‘zbekiston janubi qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz holga kelishini aytgan edi.