NF Group hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zRda ikkinchi chorak yakuniga ko‘ra ombor maydonining o‘rtacha ijarasi yiliga har kvadrat metr uchun $156 tashkil qiladi. Bunaqa narx 2024-yilning birinchi uch oyi oxiriga nisbatan 26 foizga qimmatroq, deb yozadi Logirus.
«B» toifasidagi omborxonaning yillik ijara narxi 29 foizga, kvadrat metr uchun $71 gacha oshadi.
Aprel oyi boshida O‘zbekistonda «A» va «B» toifali bo‘sh omborlar yo‘q edi, lekin vaziyat yaxshilanmoqda va joriy chorak yakuniga ko‘ra 6,8 foiz band bo‘lmagan omborlar hosil bo‘ldi.
«NF Group» kompaniyasi 2024-yil oxirigacha O‘zbekistonda kamida 60 ming kvadrat metr yuqori sifatli ombor maydonlari foydalanishga topshirilishini prognoz qilmoqda.
Bu vaqtga kelib Orient Logistics «Toshkent-Tovarnaya» stansiyasida transport-logistika markazi qurilishining ikkinchi bosqichini, «Uzum Market» logistika markazini qurib yakunlaydi, Balton Trading esa 20 ming kvadrat metrlik omborxona majmuasini quradi.