Vladimir Norov: "Bugungi dunyoda eski namunaga sodiq qolgan banklar omon qolmaydi"

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
SI assotsiatsiyasi raisi yangi texnologiyalardan foydalanishning oltita afzalligi haqida gapirdi
Rasm: O‘zbekiston TIV

29-iyun kuni «Banklarda raqamli transformatsiya: ta’lim bilan o‘zaro hamkorlik» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada bank sohasiga sun’iy intellektni (SI) joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tadbir Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti (TIFT) tomonidan tashkil etildi.

Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) raisi Vladimir Norov SI banklar rivojlanishiga qanday yordam berishi haqida ma’ruza qildi.

Xarajatlarni kamaytirish va moslashuvchan model

Prognozlarga ko‘ra, global suni’iy intellekt bozori 2023 va 2030-yillar oraligʻida qariyb $200 (196,6 ) mlrddan $1,8 trilliongacha oʻsadi, dedi Norov.

Mashinar oʻrganishi va ma’lumotlarni qayta ishlash algoritmlari banklarga xavflarni tahlil qilish, kredit skoring va portfelni boshqarish kabi asosiy jarayonlarni avtomatlashtirish va optimallashtirish imkonini beradi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, banklar ma’lumotlarni qayta ishlash va mijozlarga xizmat ko‘rsatish usullarini o‘zgartirish uchun raqamli transformatsiyadan foydalangan holda o‘z xarajatlar bazasini 20-25 foizga qisqartirishi mumkin.

«Bugungi dunyoda eski namunaga sodiq qolgan banklar omon qolmaydi. Yangi gʻoliblar ilgʻor ma’lumotlar imkoniyatlariga, ilgʻor texnologiya va moslashuvchan operatsion modelga ega texnologiya kompaniyalari sifatida ishlaydi», deb ta’kidladi Norov.

SIning asosiy istiqbollari

Assotsiatsiya raisi bank sohasida sun’iy intellektdan foydalanishning oltita afzalliklarini sanab o‘tdi. Birinchidan, sun’iy intellekt, iste’molchi ehtiyojlarini bashorat qilish uchun katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilib, mijoz oʻz ehtiyojlarini anglab yetmasdan oldin shaxsiylashtirilgan mahsulot va xizmatlarni taklif qilishi mumkin.

Ikkinchidan, chatbotlar va sun’iy intellektga asoslangan virtual yordamchilar mijozlarga kun davomida uzluksiz 24 soat yordam koʻrsatishi, mijozlar soʻrovlariga bir zumda javob berishi va umumiy muammolarni kechiktirmasdan hal qilishi aniqdir .

Sun’iy intellekt nafaqat an’anaviy moliyaviy koʻrsatkichlarni, balki turli noan’anaviy ma’lumotlarni ham tahlil qiladigan kredit qarorlari tizimini yaratish uchun qoʻllaniladi, bu esa mijozning kredit qobiliyatini bashorat qilishda aniqlikni oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish mijozlarning oʻzgaruvchan ehtiyojlarini yaxshiroq qondiradigan innovatsion moliyaviy mahsulotlarni yaratish imkoniyatlarini ochadi.

Sun’iy intellekt algoritmlari katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish asosida, xavflarni boshqarish uchun qimmatli tushunchalarni taqdim etishi mumkin.

Bunga bozor sharoitlarini kuzatish va tahlil qilish, kredit portfellarini baholash va strategiyalarini optimallashtirish kiradi.

Beshinchisi, tranzaksiyalar va foydalanuvchilarning xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi katta hajmdagi ma’lumotlarni onlayn tahlil qilish bankka moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashning yuqori sifatini ta’minlash imkonini beradi.

Sun’iy intellekt tashqi tahdidlar va ichki zaifliklardan himoya qilishni ta’minlovchi kiberxavfsizlik tizimlarini takomillashtirishda faol foydalanilmoqda.

Oltinchidan, sun’iy intellektdan foydalangan holda, moliyaviy institutlar me’yoriy hisobotlar uchun ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish jarayonini osonlashtirish orqali tartibga solishga muvofiqlikni avtomatlashtirishi mumkin.

Butun dunyodagi moliyaviy regulyatorlar nafaqat o‘zining samaradorligini oshirish, balki iqtisodiy muhit va moliya bozorlaridagi doimiy oʻzgarishlarga moslashish maqsadida sun’iy intellektni faol joriy etishga intilmoqda.

SI muammolari

Raqamli bankingni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish oson ish emasligini aytish adolatlidir, deydi Norov. SIni joriy qilishda banklar muayyan qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Birinchidan, banklar oʻnlab yillar davomida texnologiyaga sarmoya kiritib kelmoqdalar va shuning uchun odatda katta miqdordagi texnik qarzlar, shuningdek, parchalangan va ularda murakkab IT arxitekturasi toʻplangan.

Moliyaviy tashkilotlar, ayniqsa, raqamli fintexlarga nisbatan qariyotgan ishchi kuchiga duch kelishmoqda.

«Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, transformatsiya boʻyicha ishchi kuchining kamida 50 foizi bankning o‘zida boʻlishi kerak va transformatsiya ishchi kuchining 70 foizi yoki undan koʻprogʻi autsorsing qilinganida xavflar sezilarli darajada oshadi», dedi assotsiatsiya raisi.

Bank industriyasi tomonidan sun’iy intellektni muvaffaqiyatli oʻzlashtirish fintex koʻnikmalarini va koʻproq texnologik iste’dodlarni jalb qilishda muhim oʻzgarishlarni talab qiladi, masalan, fintex kompaniyalari bilan raqobatlashadigan imtiyozlar va ish muhitini ta’minlash.

Bundan tashqari, fintex sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun bank tizimining oʻquv bazasini kengaytirish zarur, deb ta’kidladi Vladimir Norov.

Avvalroq «Kursiv» ilmiy-amaliy konferensiya davomida ma’lumotlarni himoya qilish, shuningdek, bank sohasida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar masalasi ko‘tarilganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek