Iyun natijalari: Telegram asoschisi Durov O‘zbekistonda, jizzaxliklarning atom elektr stansiyasi haqidagi fikri, Chorsu bozorida yong‘in

eʼlon qilindi ( yangilandi)

Shavkat Mirziyoyev Rossiyadagi terrorchilik harakatlari sabab Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

Rasm: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Darband va Mahachqala shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari sabab Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga maktub yoʻllab, chuqur hamdardlik bildirdi.

Dogʻistondagi terakt haqida nima malum

Rasm: RIA

23-iyun, yakshanba kuni kechqurun Dogʻistonning Maxachqal’a va Darband shahrida qurollangan noma’lum shaxslar pravoslav cherkovlari, sinagogalar va yoʻl-patrul xizmati postiga hujum qildi.

Pavel Durov Toshkentda

Rasm:@durov / Instagram

Yaqindagina qo‘shni Qirg‘izistondagi safarini yakunlagan Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Toshkentdaligi haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Koʻksaroyda Moʻgʻuliston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi – foto

Rasm: Prezident matbuot xizmati

24-iyun kuni Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

O‘zbekistonda zargarlik sanoati qanday muammolarga duch kelmoqda

O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik yuzasidan zargarlik sohasida mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirishga qaratilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi rasmiy Telegram sahifasida xabar berdi.

O‘zbekistonda muzqaymoq qimmatlashadi

Rasm: mykaleidoscope

Statistika prognoziga koʻra, Oʻzbekistonda muzqaymoq narxi yiliga oʻrtacha 8,3 foizga oshadi va 2029-yilda har bir kg uchun $7,12 tashkil qiladi.

Toshkentda Moʻgʻuliston elchixonasi ochildi

Rasm:

24-iyun kuni Toshkent shahrida Moʻgʻuliston elchixonasi rasman ochildi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning ommaviy axborot vositalari vakillari oldidagi bayonotida malum qilindi.

Oʻzbekistondagi qaysi banklar tomonidan yuqori foizli omonatlar taklif qilinmoqda

Rasm: depositphotos.com

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda koʻplab banklar tashkil etilishi orqasidan banklar oʻrtasidagi raqobatlar kelib chiqyapti. Shu sababdan banklar mijozlar uchun bir-biridan jozibador takliflarni berishga harakat qilmoqda. «Kursiv» bugungi kunda banklar tomonidan taklif qilinayotgan soʻmdagi eng yuqori foizli omonatlarni oʻrganib chiqdi.

Nega o‘zbekistonlik tadbirkorlar Tojikistondan malina sotib oladi

Rasm: Pixabay

O‘zbekistonda tadbirkorlarning malinaga qiziqishi yana kuchaymoqda. Bundan tashqari, tadbirkorlar ushbu rezavor mevalarni qo‘shni Tojikistondan sotib olishadi.

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 100 taga yetkaziladi

Rasm: Roman Fedotov / «Kursiv¨»

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 100 taga yetkaziladi.

25-iyun kuni abituriyentlarni roʻyxatga olish yakunlanadi

Rasm: Pixabay

25-iyun kuni oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni roʻyxatga olishning soʻnggi kuni boʻlib, soat 23:59 da roʻyxatdan oʻtish toʻliq yakunlanadi.

Qaysi sohalarda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni koʻp

Rasm: depositphotos.com

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-iyun holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14,3 mingta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Shulardan 4,4 mingtasi qoʻshma va 9,9 mingtasi xorijiy korxona hisoblanadi.

Julian Assanj Buyuk Britaniyadagi qamoqdan ozod qilindi

Фото: Euronews.com

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj AQSh rasmiylari bilan kelishuvga erishgach, qamoqdan ozod etildi. Uning ozod etilishi haqidagi bayonot X ijtimoiy tarmogʻidagi portal sahifasida e’lon qilingan.

Nega O‘zbekistonda Chevrolet avtomobillari qimmat – UzAuto Motors direktoridan javob

Rasm: Renessans.tv skrinshot

«UzAuto Motors» kompaniyasi direktori Bo Andersson soʻnggi yillarda boshqa xorijiy brendlarning Oʻzbekistonga kirib kelishi hisobiga UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi kamayayotganini aytdi.

«AES tezroq qurilsin»: jizzaxliklar atom elektr stansiyasi haqida qanday fikrda?

Rasm: «Kursiv»

O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyasining (AES) birinchi bloki 2029-yilda ishga tushishi kerak. Olti blokning barchasi 2033-yilgacha foydalanishga tayyor bo‘ladi. AES Tuzkon ko‘li yaqinida paydo bo‘lishi kerak. «Kursiv» muxbiri respublikadagi birinchi atom elektr stansiyasi haqida mahalliy aholining fikrini bilish maqsadida Jizzax viloyatiga bordi.

Tijorat banklarining muammoli kreditlari kamaydi

Rasm: depositphotos.com

Joriy yilning may oyida O‘zbekistondagi tijorat banklarida muammoli kreditlar (NPL) miqdori 2,4 trln so‘mga kamayib, 20,9 trln so‘mgacha pastladi.

O‘zbekistonda Tarbiya pedagogikasi instituti ochiladi

Rasm: cherriesjd/Depositphotos

O‘zbekistonda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi instituti tashkil etiladi. Bu haqdagi qarorni respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Prezident bir guruh jurnalistlarni mukofotladi

Rasm: Prezident matbuot xizmati

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi. Bu haqda prezident Farmoni imzolandi.

O‘zbekistonda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish jazolanadi

Rasm: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

O‘zbekistonda bolaga qonunga xilof ravishda diniy tarbiya bergan ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Yanvar – may oylarida YTH oqibatida qancha odam halok bo‘ldi

Rasm: Pexels

Joriy yilning yanvar – may oylarida O‘zbekistonda ro‘y bergan 9839 ta YTH 2282 nafar fuqaroning umriga zomin bo‘lgan, qolgan 9209 nafar fuqaro turli xil darajada shikastlangan.

Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyati milliy sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatidan mamnun

Rasm:

Oʻzbekiston aholisining 68 foizi sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatidan qoniqishini ta’kidladi. Bu haqda STADA farmatsevtika kompaniyasi oʻzining «STADA Health Report – 2024» tadqiqotida ma’lum qildi.

O‘zbekistonliklarning deyarli 90 foizi o‘zini baxtli hisoblaydi

Rasm: «Kursiv»

O‘zbekiston aholisining 87 foizi o‘zini baxtli his qilmoqda, bu 23 davlat orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. Buni «STADA Health Report – 2024» jamoatchilik fikrini o‘rganish ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Qancha odam o‘zini yolg‘iz his qilayapti

Rasm: Pexels

«Stada» farmatsevtika kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda 31% odam o‘zini yolg‘iz deb hisoblaydi. 18% odam esa o‘zini o‘ta darajada yolg‘iz his qiladi.

27-iyun kuni O‘zbekistonda +44 daraja issiq bo‘ladi

Rasm: depositphotos.com

27-iyun kuni respublika bo‘ylab quruq va issiq ob-havo bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloytalrida havo harorati +44 daraja issiq bo‘ladi.

Durov Samarqand va Buxoroga tashrif buyurdi

Rasm: Forbes.ru

Tadbirkor va dasturchi, Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov shu kunlarda O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab sayohat qilmoqda.

Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi pasayishda davom etmoqda

Rasm: Unsplash

Hafta davomida oltin quymalarining narxi sezilari darajada pasaydi.

Boliviyada davlat to‘ntarishiga urinish bo‘ldi

Rasm: Reuters

Janubiy Amerikaning Boliviya davlati harbiy bo‘linmalari bir kun avval La-Pas shahridagi hukumat saroyini o‘rab olishga harakat qildi. Shtat prezidenti Luis Arse davlat to‘ntarishiga urinish haqida e’lon qildi.

Rossiya politsiyasi nega muhojirlarni tekshirayotganini tushuntirdi

Rasm: Prezident matbuot xizmati

Rossiya huquq-tartibot idoralari xodimlari ekstremistik va terroristik xavf-xatar, shuningdek, «do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar»dan xorijiy razvedka xizmatlarining mamlakatga kiritilishi xavfi tufayli mehnat muhojirlarini, shu jumladan, O‘zbekistondan kelganlarni tekshirishni amalga oshirmoqda. Tekshiruvlar sabablari siyosiy emas.

Urganch va Xiva shaharlarida Yandex Go xizmati ishga tushirildi

Rasm: Yandex Go

Yandex Go taksi xizmati Urganch va Xivada shaharlarida ish boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati «Kursiv»ga ma’lum qildi.

O‘zbekistonda aholi yashaydigan joylarning 30 foizi yashil hududlarga aylantiriladi

Rasm: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Oʻzbekistonda 2030-yilga borib aholi yashaydigan joylarning 30 foizini yashil hududlarga aylantirish rejalashtirilgan. Bu «Global asos – erta harakatni qo‘llab-quvvatlash» loyihasida ko‘zda tutilgan.

Jizzaxdagi BYD zavodidan ilk elektromobillar chiqdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni Jizzax viloyatiga kelib, «BYD Uzbekistan Factory» qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

O‘zbekiston terma jamoasining «JCH – 2026» uchinchi bosqichidagi raqiblari aniqlandi

Rasm: O‘FA

Futbol bo‘yicha «Jahon chempionati – 2026» uchinchi bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi «A»-guruhidan joy oldi.

Alisher Usmonovning dividend daromadi yil davomida 23,5 foizga oshdi

Rams: Meduza

Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov 2023-yil uchun dividend daromadlari boʻyicha Rossiyaning eng boy odamlari reytingida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi

Rasm: Pexels

2024-yil kuzida Qozog‘istonda atom elektr stansiyasi (AES) qurish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi, deya xabar berdi mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Tokayev.

Oʻzbekiston kichik biznes toʻlovlarni telefon orqali qabul qilish imkoniyatiga ega boʻladi

Rasm: rawpixel/Depositphotos

O‘zbekistonda 12 mingta kichik biznes subyektlari smartfon orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha bepul dasturdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb xabar berdi «Kursiv»ga «Mastercard Strive» matbuot xizmati.

Toshkentdagi «Chorsu» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi – foto va video

Rasm: «Kursiv»

Toshkentda juma kuni «Chorsu» bozoridagi do‘konlar yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Otabek Umarov Telegram asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi

Rasm: Otabek Umarov / Telegram

Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi prezidenti Otabek Umarov Telegram asoschisi Pavel Durov bilan uchrashdi

Yong‘indan so‘ng «Chorsu» bozori qanday ahvolda – eksklyuziv fotosuratlar va videolar

Rasm: Roman Fedotov / Kursiv

Jumaga o‘tar kechasi mashhur Toshkentning «Chorsu» bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in bozorning afsonaviy gumbazli binolariga yetib bormadi, balki savdo qatorlaridan o‘tib, o‘nlab savdogarlarni mulkidan mahrum qildi. «Kursiv» muxbiri favqulodda hodisa joyiga tashrif buyurdi va voqea joyidan olingan fotosuratlarni o‘quvchilar bilan baham ko‘rishga shoshilmoqda.

Til o‘rgangan yoshlarning ayrimlari rag‘batlantiriladi

Rasm: ec.europa.eu

Til o‘rgangan yoshlarning ayrimlari rag‘batlantiriladi. Bu haqda prezidentning 27-iyun kuni qabul qilingan qarorida aytilgan.

Fuqarolar kredit tarixini qanday tekshirishlari mumkin

Rasm: depositphotos.com

Fuqarolar kredit tarixini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bir yilda bir marta bepul tekshirishlari mumkin.

Dollar biroz qimmatlashdi

Rasm: Piqsels

28-iyun kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 2,51 so‘mga ko‘tarildi va 12 557,67 so‘mni tashkil qildi.

Respublikamizda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari qancha

Rasm: Pexels

O‘zbekistonda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari soni ikki barobardan koʻproqqa koʻpaydi. Statistik ma’lumotlar Iqtisodiyot va Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

Ehtiyojmand talabalarning kontraktlari uchun 332 milliard soʻm ajratildi – Shavkat Mirziyoyev

Rasm: Prezident matbuot xizmati

Ehtiyojmand oilalardan boʻlgan 110 ming talabaga toʻlov-kontrakt toʻlash uchun 332 milliard soʻm ajratildi. Bu haqda prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda ma’lum qildi.

O‘zbekiston aholisining 77,6 foizi suv ta’minotiga ulangan

Rasm: Pixabay / Pexels

Respublika aholisining 77,6 foizi suv ta’minotiga ulangan, deb xabar beradi «O‘zsuvta’minot» matbuot kotibi Akmal Murodov.

«Hamsterni bosish» orqali pul ishlash mumkinmi

Rasm: Piqsels

O‘zbekistonda Hamster Kombat mobil o‘yini keng tarqaldi. Internetda uning ishlab chiquvchilari haqida hech qanday aniq ma’lumot yo‘q, faqat mish-mishlar va taxminlar. Shu bilan birga, o‘yinchilarning pul ishlashlari haqidagi xabarlar Hamster Kombat sahifasida tarqatiladi. «Kursiv» jurnalisti O‘zbekistonning PaynetCrypto kompaniyasi bosh direktori Aziz Mo‘minov bilan «hamsterni bosish» orqali pul ishlash qanchalik haqiqat ekanligi haqida suhbatlashdi.

Shuningdek