BMT Bosh kotibi Toshkentda nimalar bilan band
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Guterrish poytaxtdagi ikkita muhim obyektga tashrif buyurdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Oʻzbekistonga yetib kelgach Toshkentdagi ikkita muhim obyektga tashrif buyurdi, deb xabar qildi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi (TIV).
Shunday qilib, dastlab Guterrish «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Keyin BMT Bosh kotibi Hazrati Imom tarixiy majmuasiga tashrif buyurdi. Shuningdek, Islom sivilizatsiya markazi, uning tashqi va ichki me’moriy qiyofasi haqida ham ma’lumot berildi.
Avvalroq «Kursiv» Guterrishning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi kutilayotgani haqida yozgan edi.