Bozordagi vaziyat: bug‘doy narxi yil boshidan buyon 11 foizdan ko‘proqqa pasaydi
eʼlon qilindi
Meta va Apple aksiyalari tushdi
Bug‘doy narxi pasayishda davom etmoqda: yil boshidan buyon don ekinlari 11,4 foizga yoki bir bushel uchun $71,8 arzonlashdi, deya xabar beradi «Trading economics» portali.
Shu bilan birga, 2022-yil mart oyida bug‘doy narxi rekord darajaga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, bug‘doy narxining pasayishi Amerika Qo‘shma Shtatlaridan don yetkazib berishning ko‘payishini kutish bilan bog‘liq.
Birjalarda dushanba kuni ertalabdan boshlab Meta (-2,54 foiz), Amazon (-2,24 foiz) va Apple (-1,33 foiz) aksiyalari qiymatining pasayishi kuzatildi. JPMorgan (+1,54 foiz)va Intel (+1,44 foiz) qimmatli qog‘ozlari o‘sib bormoqda.
Avvalroq «Kursiv» 25-iyun kuni bozorlardagi vaziyat haqida e’lon qilgan edi.