Bugundan magistraturaga qabul boshlandi

eʼlon qilindi
Hujjatlar qabuli 30-iyulga qadar davom etadi
Foto: Mrcollege.ac.uk

Talabgorlar o‘z hujjatlarini magistr.edu.uz platformasi orqali onlayn topshiradilar.  Bunda faqatgina turdosh yo‘nalishlargagina hujjat topshirishlari mumkin. Masalan, tibbiyotni tamomlagan talabalar texnika yo‘nalishiga yoki iqtisodni tamomlab pedagogiga yo‘nalishlariga topshirisha olmaydilar.

Magistraturaga kimlar imtihon va til sertifikatlarisiz o‘qishga qabul qilinadi?

– Prezidentning davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari;

– Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari;

– «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti sohiblari; fan olimpiadasi g‘oliblari;

– Ta’lim vazirligi o‘tkazadigan fan olimpiadasi g‘oliblari (3 ta o‘rin);

– Kimyo va biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishini «qizil»ga bitirganlar «o‘z yo‘nalishiga» imtihonlarsiz to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinadi.

Mukofotlangan talabgor oliy ta’limning bakalavriat bosqichini tamomlagan bo‘lishi kerak. Imtiyozga ega talabalar umumiy kvotadan tashqari magistraturaga qabul qilinadi.

Hujjatlarni yuklashdan oldin o‘tgan yilgi turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati, bu yil ham magistratura mutaxassisliklariga kirishda yangi tasdiqlangan til sertifikatlari ro‘yxati va hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq magistratura va doktoranturadagi ba‘zi yoʻnalishlarda xorijiy til sertifikati darajasi pasaytirilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek