Endilikda BYD avtomobillarining narxi arzonlashadi – BYD Uzbekistan Factory bosh direktori
BYD avtomobillarining narxi arzonlashadi. Bu haqda BYD Uzbekistan Factory bosh direktori Shafqatbek Alimov «Oʻzbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil chet eldan olib kelinadigan avtomobillardan sezilarli darajada arzon boʻladi.
«Mahalliylashtirish kuchaytirilgani sayin narx-navo masalasiga qo‘yilgan vazifalar bosqichma-bosqich kamayadi. Bunda logistika harakatlari kamayadi. Shuningdek, bu yerdagi qoʻshilgan qiymat ortadi va tan narx ham oʻzidan-oʻzi tushib boradi», deydi Shafqatbek Alimov.
Uning qoʻshimcha qilishicha, elektromobillarning tannarxiga ta’sir qiladigan eng asosiy qism akkumulyator batareyasi hisoblanadi.
«Oʻtgan yili akkumulyator batareyasining narxi 1 kVt uchun $132 boʻlgan boʻlsa, bu yil $100 ga yaqinlashdi. Prognozlarga koʻra, 2025-yilga borib $50 ga yaqinlashishi kutilmoqda», deydi u.
Avvalroq «Kursiv» Jizzaxdagi BYD zavodidan ilk elektromobillar chiqqani haqida xabar bergan edi.