Endilikda avtomobilni tasarruf etish uchun ishonchnomani onlayn olish mumkin – Adliya vazirligi
Avtotransport vositasini tasarruf etish ishonchnomasini «Elektron notarius» orqali rasmiylashtirish mumkin boʻldi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, onlayn xizmat sotish, hadya, qilish, ayirboshlash va boshqa turdagi tasarruf qilish uchun amal qiladi.
Shuningdek, portal orqali er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan, koʻchmas mulkni tasarruf etish boʻyicha bitim tuzish uchun xotinning yoki erning rozilik arizasini notarial rasmiylashtirishingiz mumkin.
Bundan tashqari, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlashni videokonferensiya orqali onlayn qilsa ham boʻladi.
Avvalroq «Kursiv» talabalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ta’lim kreditlari uchun ariza topshirishlari mumkinligi haqida xabar bergan edi.