FIVE Petroleum Malaysia Toshkentda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini quradi

eʼlon qilindi
Rasm:Dunyo

Malayziyaning FIVE Petroleum Malaysia kompaniyasi Toshkentda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini tashkil etmoqchi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Bu haqda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev va kompaniya bosh direktori King Lim Chin Fui kelishib olishdi.

Tomonlar yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish va ularni uskunalar bilan jihozlash loyihasini muhokama qildi. Dastlab Toshkent shahrida, so‘ngra respublikaning boshqa hududlarida ham obyektlar paydo bo‘ladi.

FIVE Petroleum Malaysia delegatsiyasi avgust oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Malaysian Public Gold kompaniyasi O‘zbekistonda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek