Davlat “Foton”dagi ulushini 151 mlrd so‘mga sotdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi
Foto: www.oaofoton.uz

«Foton» AJ ustav kapitalidagi 85,58 foiz davlat ulushi 151 mlrd soʻmga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Havvo Group» MCHJ savdo gʻolibi, deb topilgan. Ushbu jarayonga «Abrau Capital» kompaniyasi esa xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida jalb etilgan.

«Gʻolib tomonidan kelajakda korxonaning ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, mahsulotlar turini va realizatsiyasi geografiyasini yanada kengaytirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, shuningdek, korxona faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish va barqaror rivojlantirishni ta’minlash rejalashtirilgan», deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lumot uchun , 2023-yilda «Foton» AJ tomonidan 14,5 ming dona mahsulotlar ishlab chiqarilgan boʻlib, sof tushumi 36,4 mlrd soʻmni, sof foydasi 1,4 mlrd soʻmni, sof aktivlari 20,1 mlrd soʻmni va majburiyatlari 1,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

«Foton»ning аsоsiy fаоliyat sоhаsi rаdiоelеktrоn jihоzlаr uchun elеktrоn tехnikа vа intеgrаl mikrоsхеmаlаr ishlаb chiqish hisоblаnаdi.

Avvalroq «Kursiv» sakkizta don korxonasidagi davlat ulushi xususiy investorlarga sotilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek