Elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovda nosozliklar yuzaga kelishi mumkin
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Profilaktik ishlar tufayli
                    
                            
Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlarida profilaktika ishlari olib borilayotgani munosabati bilan Oʻzbekiston fuqarolari elektr energiyasi uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirishda nosozliklarga duch kelishlari mumkin, deb xabar qildi Hududiy elektr tarmoqlari (HET).
To‘lov bilan bog‘liq muammolar 2-iyuldan (00:00) chorshanbagacha (22:00) bo‘lishi mumkin.
HET profilaktika davrida elektr energiyasidan qarzi boʻlgan iste’molchilarning ta’minotni oʻchirilmasligini ta’kidladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda ogohlantirmasdan elektr energiyasini o‘chirgani uchun jarima solinishi rejalashtirilmoqdaligi haqida yozgan edi.
