Oʻzbekistonda meva-sabzavot narxining pasayishi fonida deflyatsiya qayd etildi

eʼlon qilindi
Bu haqda Statistika agentligi hisobotida ma’lum qilindi
Foto: Piqsels

2024-yilning iyun oyida deflyatsiya 0,24 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobotida malum qilindi.

Iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,8 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,7 foizga pasaygan boʻlsa, pullik xizmatlar narxi esa 0,9 foizga oshdi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, narxlar oʻrtacha darajasining pasayishi meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining mavsumiy pasayishi fonida sodir boʻldi.

Unga koʻra kartoshka 0,7 foizga, sabzi 1,3 foizga, bodring 37,8 foiz, pomidor 42,8 foizga baqlajon 53,9 foizga arzonlashdi.

Shu bilan birga, tamaki mahsulotlari narxining oʻsishi 0,4 foizga, spirtli ichimliklarning oʻsishi esa 0,9 foizga oʻsdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, iyun oyida benzin narxi 1,4 foizga, propan 1,9 foizga arzonlashdi. Metan narxi esa 11,9 foizga oʻsdi.

Ma’lumot uchun, deflyatsiya — narxlarning pasayishi va milliy valyutaning xarid qobiliyatini oshirish jarayoni.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda iyun oyidagi deflyatsiya odatiy holdir. Misol uchun, o’tgan yili iyun oyida bu yilgidek edi. Biroq shunga qaramay, respublikada yillik inflyatsiya 10,6 foizni tashkil etdi. Xuddi shu ko‘rsatkich joriy yilning may oyida ham bo‘lgan edi.

Shuningdek