Shavkat Mirziyoyev va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish qaysi masalalarni muhokama qildi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot prezident xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyul kuni Koʻksaroy qarorgohida rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda prezident matbuot prezident xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv chogʻida global va mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash, Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Mintaqada transport jihatidan oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirish, oziq-ovqat, energetika va axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

Afgʻonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat muhokama qilinib, afgʻon xalqiga gumanitar yordamni kengaytirish, jahon hamjamiyatining bu mamlakatga nisbatan umumiy strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida 2026 – 2030-yillarda Oʻzbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha BMT bilan hamkorlikning hadli dasturini birgalikda ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Avvalroq «Kursiv» BMT bosh kotibi Toshkentda qayerlarga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek