“Toshkent” Respublika fond birjasi chakana investorlar oʻrtasida savdo tanlovini e’lon qildi

eʼlon qilindi
Bu haqda birja axborot xizmati xabar berdi
Foto: RFB

«Toshkent» Respublika fond birjasi tomonidan umumiy qiymati 100 mln soʻm boʻlgan Oʻzbekiston qimmatli qogʻozlar bozorida chakana investorlar oʻrtasida savdo tanlovi e’lon qildi. Bu haqda birja axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, musobaqa 2024-yil 1-iyuldan 30-sentabrgacha davom etadi. Ushbu bellashuvda ishtirok etish Jett.uz orqali yoki fondbozori.uz portali orqali (agar Jett.uz’da akkaunt mavjud boʻlsa) amalga oshirilishi mumkin.

Mukofot fondi birinchi oʻrin uchun 50 mln soʻm, ikkinchi oʻrin uchun 30 mln soʻm va uchinchi oʻrin uchun 20 mln soʻmni tashkil qiladi. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishdan eng ko‘p daromad olganlar g‘olib bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun talablar:

OʻzRning barcha xohlovchi rezidentlari – jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin (yashash joyidan qat’i nazar);

ishtirok etish uchun siz yangi hisob ochishingiz yoki «Toshkent» RFB a’zolaridan birida mavjud hisob raqamiga ega boʻlishingiz va uni Jett.uz xizmatiga qoʻshishingiz hamda musobaqaga roʻyxatdan oʻtishingiz kerak;

bellashuvga roʻyxatdan oʻtish vaqtida balansingizda kamida 500 000 soʻm pul mablagʻi boʻlishi talab etiladi;

musobaqa tugagunga qadar roʻyxatdagi kamida 5 ta turli qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish;

musobaqa tugagunga qadar roʻyxatdagi qimmatli qogʻozlar bilan kamida 100 ta bitim oʻtkazish.

Avvalroq «Kursiv» RFB yetti kompaniyaning aksiyalarini «Tranzit»dan «Standard»ga oʻtkazgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek