Toshkentda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Havo harorati +31…+33° bo‘ladi
Foto: Piqsels

1-iyul, dushanba kuni sinoptiklar Toshkentda +31…+33° bo‘lishini taxmin qilmoqda. Poytaxtda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Oʻzbekistonda bugun oʻrtacha kunlik havo harorati +30…+35° boʻladi.

Ba’zi hududlarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin (Bofort shkalasi bo‘yicha 12 balldan 6-7 ball).

Togʻli hududlarda +21…+26° boʻlishi kutilmoqda. Sel oqimi xavfi mavjud.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston janubida o‘rtacha yillik havo harorati tez orada +43° gacha ko‘tarilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek