Yangiliklar

Viloyatlarda palovning o‘rtacha narxi qancha

Eng qimmat narx Toshkent shahrida
Foto: Dimetradim / www.depositphotos.com

Statistika agentligi tomonidan iyun oyidagi viloyat markazlarida joylashgan umumiy ovqatlanish joylaridagi palovning o‘rtacha narxi o‘rganib chiqildi. Bu haqda agentlikning rasmiy saytida xabar berilgan.

1 porsiya palovning narxi balandligi bo‘yicha Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro va Toshkent shahri ro‘yxatda yetakchi – 28 mingdan 30 ming so‘mgacha. Eng qimmat narx poytaxtda qayd etildi.

Namangan, Sirdaryo va Farg‘onada esa xuddi shuncha miqdordagi oshni 19 ming so‘mdan 23,6 ming so‘mgacha topishingiz mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiydagi nisbatan arzon narxni hisobga olmaganda, qolgan viloyatlarda o‘rtacha narx 25 ming so‘mdan 28 ming so‘mgacha qiymatni tashkil qilgan. Shuningdek, Andijon viloyatidagi narxlarda eng katta o‘sish kuzatilgan (+2,5%).

Avvalroq «Kursiv» Mo‘ynoqda ekomarafon o‘tkazilgani va eng yaxshi oshpazlar aniqlangani haqida yozgan edi.