Yerga yaqin joydan asteroid uchib oʻtdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqda Keldish nomidagi amaliy matematika institutida xabar berdi
                    
                            
2204 MK nomli yirik asteroid Yerdan taxminan 300 ming km masofada uchib oʻtdi. Bu haqda Rossiya Mstislav Keldish nomidagi Amaliy matematika instituti optik teleskoplar xalqaro tarmogʻining Telegram kanali xabar berdi.
«Tarmoq teleskoplari potensial xavfli 2024 MK asteroidi, Apollon guruhining nisbatan katta samoviy jinsidir. U Yerdan taxminan 300 ming km masofada uchib oʻtdi», deyiladi xabarda.
Institutning qoʻshimcha qilishicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2029-yilni sayyoralarni himoya qilish va asteroidlardan xabardorlik yili deb e’lon qilishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Kursiv» NASA sayyoralararo stansiyani asteroidga uchirgani haqida xabar bergan edi.
