Yangiliklar

2-iyul kuni O‘zbekistonda 35 darajagacha issiq bo‘ladi

Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi
Rasm: Vfotografie / depositphotos.com

Bugun, 2-iyul kuni respublikaning aksariyat hududlarida havo quruq va issiq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tariladi. Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 30-35 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi Gidrometeorologiya xizmati agentligi.

Toshkent shahrida havo bulutli va o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati +32 darajagacha issiq va kechasi 20-22 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 18-23 daraja va kechasi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.