«Trading economics» portali xabariga ko‘ra, narxlar yetti yillik eng past darajaga tushganidan keyin po‘lat armatura narxi ko‘tarila boshladi.
2-iyul, seshanba kuni ertalab bu tovar bir tonna uchun 3350 yuanga sotilmoqda. Yaqinda u taxminan 3300 yuanga tushdi – bu so‘nggi yetti yildagi minimal ko‘rsatkich.
Bozor o‘yinchilarining Xitoy hukumati mamlakat qurilish sektorini qo‘llab-quvvatlashni boshlashini kutishlari fonida po‘lat narxi oshib bormoqda. Davlatda ko‘chmas mulk inqirozi davom etmoqda. Bu sohadagi indekslar bir yil ichida eng past darajaga tushdi, ayni paytda uy sotib olish bo‘yicha cheklovlar yumshatila boshlandi.
Xitoy qora metallar bo‘yicha dunyodagi eng yirik iste‘molchilardan biri hisoblanadi.
Fond bozoridagi vaziyat seshanba kuni ertalab Tesla (+5,85 foiz), Apple (+2,34 foiz) va Amazon (+2,01 foiz) aksiyalari qimmatlashmoqda.
Avvalroq «Kursiv» 1-iyul kuni jahon bozorlaridagi vaziyat haqida yozgan edi.