BYD kompaniyasi tomonidan iyun oyida jami 341 ming dona avtomobil sotilgani ma’lum boʻldi

eʼlon qilindi
2024-yilning birinchi yarmida jami sotilgan avtomobillar soni esa 1,6 mln.ni tashkil qildi
Foto: BYD

BYD kompaniyasi joriy yilning iyun oyida jami 341 ming dona avtomobil sotdi. Bu o‘tgan yilning iyun oyiga nisbatan 35 foizga ko‘pdir. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, sof elektromobillarning sotuvi 145 ming donani, gibrid elektromobillarning savdosi esa 195 mingtani tashkil etdi.

Kompaniya tomonidan 2024-yilning birinchi yarmida jami sotilgan avtomobillar soni esa 1,6 mlnga yetdi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 28,46 foizga koʻpdir.

Shu bilan birga, BYD tomonidan yangi energiyadagi tijorat avtomobillarining sotuvi unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi. Kompaniya olti oy davomida ushbu turdagi avtomobildan bor-yoʻg‘i 1447 dona sotdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 21,91 foizga kam.

Ma’lumot uchun, BYD avtomobillarida jami oʻrnatilgan akkumulyator quvvati 72,555 GVt soatga yetdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda BYD avtomobillarining narxi arzonlashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek