Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish xizmati ishga tushdi
eʼlon qilindi
Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda
Haydovchilik guvohnomasini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, endilikda my.gov.uz orqali bu jarayon yanada oson va qulay boʻldi. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Sababi hamma ma’lumotlar tizimda mavjud.
Tayyor guvohnomani eng yaqin Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki qoʻshimcha toʻlov evaziga pochta xizmati orqali uyda qabul qilib olish mumkin.
Ma’lumot uchun, haydovchilik guvohnomasi uchun Yagona portal orqali topshirilgandagi miqdori – 238 ming soʻm, ya’ni BHMning 0,7 foizini tashkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» endilikda avtomobilni tasarruf etish uchun ishonchnomani onlayn olish mumkinligi haqida xabar bergan edi.