Yangiliklar

Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishdagi xavfsizlik talablari kuchaytiriladi

Qarorga rioya qilmaganlik uchun javobgarlik mavjud
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

«Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha talablarni kuchaytirish toʻgʻrisida» qaror qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda arzon yoki tekin oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar orqali jalb qilish taqiqlanadi.

Shuningdek, qaror bilan belgilanayotgan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari va tadbirni oʻtkaziluvchi obyekt ma’muriyati tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Ushbu qoidalarga amal qilmagan tadbir tashkilotchilari va obyekt ma’muriyati OʻzRning Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yongʻin xavfsizligi qoidalarni buzganlik uchun javobgarliklar kuchaytirilgani haqida xabar bergan edik.