O‘zbekiston o‘rtacha daromadi past bo‘lgan mamlakatlar qatorida qoldi
eʼlon qilindi
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra
Jahon banki ma’lumotlariga koʻra, 2023-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan past boʻlgan davlatlar qatorida qoldi.
Respublika 2008-yildan buyon ushbu toifaga kiradi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zRda aholi jon boshiga yalpi milliy daromad $2,3 mingni tashkil qilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichlar Qozog‘iston va Turkmanistonda – $10,9 ming va $7,1 ming.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Jahon banki O‘zbekiston resurslardan samarasiz foydalanayotgani haqida xabar bergan edi. Moliyaviy muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, resurslar samaradorligi Yevropa Ittifoqi va o‘rtadan yuqori daromadli mamlakatlarga qaraganda ancha past.