
Oʻzbekiston delegatsiyasining «Parij – 2024» yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi bayroqdorlari ma‘lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
«Mazkur yuksak sharaf boks boʻyicha jahon chempioni Abdumalik Xalokov hamda qilichbozlik boʻyicha «Xanchjou – 2022» yozgi Osiyo oʻyinlarining oltin va bronza medallari sohibasi Zaynab Dayibekovaga nasib etdi», deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Abdumalik Xalokov 2000-yil 9-aprel kuni Buxoro viloyatida tugʻilgan. 2018-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi.

Dayibekova Zaynab Kazbekovna 2002-yil 19-noyabr kuni Qoraqalpogʻistonda tugʻilgan. 2016-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Davlat sport akademiyasi ochilishi haqida post joylagan edik.