Shimoliy Koreya yangi raketani sinovdan oʻtkazdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda mamlakat Markaziy telegraf agentligi xabar berdi
Foto: Unsplash

2-iyul, seshanba kuni Shimoliy Koreya yangi taktik ballistik raketa – «Hwasongpho-11Da-4.5 »ni sinovdan oʻtkazdi. Bu haqda mamlakat Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Raketa «parvoz barqarorligi va zarba aniqligini» tasdiqlash uchun amalga oshirildi. Qurilmaning ogʻirligi 4,5 tonna boʻlgan oʻta yirik kallakka moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreya harbiy ma’muriyati Shimoliy Koreya noma’lum raketani sinovdan oʻtkazgani haqida xabar bergan edi.

Avvalroq «Kursiv» mart oyida Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon raketa uchirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek