Tunda fuqarolar tinchini buzganlik uchun jarimalar qanday oshadi

eʼlon qilindi
Unda fuqarolarning osoyishtaligini buzadigan harakatlarning qat’iy ro‘yxati tasdiqlanmoqda
Foto: Pexels.com

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi koʻrib chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy sahifasida xabar berildi.

Kuchaytirilayotgan ma’muriy javobgarlikka ko‘ra, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha (1,02 mln – 1,70 mln atrofida), mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha (3,4 mln – 5,1 mln atrofida) miqdordagi jarima qo‘llanilishi mumkin. Amalda ushbu huquqbuzarlik uchun fuqarolarga – 113 ming so‘m, mansabdor shaxslarga esa 113 ming so‘mdan 226 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi jarima nazarda tutilgan edi.

Ushbu loyiha orqali aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishning asosiy prinsiplari qamrab olingan. Shuningdek, atrof-muhitga shovqin orqali zararli ta’siri uchun kompensatsiya to‘lovlari, aholini shovqindan himoya qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ommaviy tadbirlarni oʻtkazishdagi xavfsizlik talablari kuchaytirilishi haqidagi xabarni e’lon qilgan edik.

Shuningdek