3-iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq va issiq ob-havo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Respublikaning janubiy hududlarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi
Rasm: Kwest / depositphotos.com

Bugun, 3-iyul kuni respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 33-38 daraja issiq bo‘ladi, deb xabar beradi Gidrometeorologiya xizmati agentligi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘lishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 34-36 daraja issiq va kechasi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo harorati 20-25 daraja issiq va kechasi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek