Yangiliklar

Dollar 12 so‘mga qimmatladi

Bugun uning o‘rtacha narxi va 12 584,05 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

3-iyul kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 12,15 so‘mga ko‘tarildi va 12 584,05 so‘mni tashkil qildi.

Bugun davlatning banklari AQSh valyutasini 12 510 – 12 575 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 605 – 12 645 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2-iyul kuni O‘zbekistonda dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 13,11 so‘mga pasaygan edi.