Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi
Foto:

Buxoro viloyatining Kogon va Namanganning Pop tumanlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Kogon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, unga goʻyoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga $1000 ni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, yana bir holat departamentning Pop tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro boshqa fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida «B, C» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga $700 va 8,8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Parkent tumanida $40 mingga yer olib berishni va’da qilgan shaxs ushlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek