Mask "Rim imperiyasi haqida o‘ylaydiganlar" uchun kitoblarni tavsiya qildi

eʼlon qilindi
Ro‘yxatga 11 ta asar kiritilgan
Rasm: Gonzalo Fuentes/Reuters

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask «har kuni Rim imperiyasi haqida o‘ylaydiganlar» uchun 11 ta kitobdan iborat ro‘yxat bilan bo‘lishdi. Mask bu postni X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirdi.

Ro‘yxatga ham badiiy, ham ilmiy-ommabop kitoblar kiritilgan. Bundan tashqari, Mask kitoblar bilan audio formatda tanishishni tavsiya qildi.

Gap quyidagi kitoblar haqida ketmoqda: Uilyam Dyurantning «Sivilizatsiyalar tarixi», Gomerning «Iliada»si, Fridrix Avgust fon Xayekning «Qullikka yo‘l», Uilyam Manchesterning «Amerika Sezari», Devid Kushnerning «Doom Hukumdorlari».   Adam Tuzning «Vayrongarchilik narxi. Natsistlar iqtisodiyotining vujudga kelishi va qulashi», Ernst Jungerning «Po‘lat bo‘ronlarida», Barbara Takmanning «Avgust qurollari», Avus Xirtiy va Gay Yuliy Sezarning «Galliya urushi haqida eslatmalar», «O‘n ikkita xudolarga qarshi: sarguzashtlar hikoyasi» Uilyam Bolito (tarjima qilinmagan) va Jek Uezerfordning «Chingizxon va zamonaviy dunyoning tug‘ilishi».

Tavsifda Mask bu kitoblar «har kuni Rim imperiyasi haqida o‘ylaydiganlar»ga ma’qul kelishini yozgan. Bu erkaklar Rim imperiyasi haqida ayollarga qaraganda ko‘proq o‘ylashlari haqidagi hazilga ishora.

Avvalroq «Kursiv» Geytsning ushbu yoz uchun kitob tavsiyalari haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek