“Narxdan qadr-qiymatgacha”. ESG forumini yirik xalqaro kompaniyalar qoʻllab-quvvatlamoqda

eʼlon qilindi
Tadbir 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

«Kursiv» mutolaachilarga 4-iyul, payshanba kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan «Narxdan qadr-qiymatgacha. Barqaror rivojlanish uchun iqtisodiyotni transformatsiya qilish» ESG forumining ishtirokchi va homiylari bilan tanishtirishda davom etadi.

Forumning bosh homiylari Coca-Cola, Huawei, TBC Bank Uzbekistan va Payme kompaniyalari hisoblanadi.

Huawei — axborot-kommunikatsiya sohasidagi dunyosidagi eng yirik kompaniyalaridan biri boʻlib, Oʻzbekiston bozorida 25 yildan beri ishlab kelmoqda. Kompaniya innovatsiyalar, ekotizimlarni rivojlantirish va yosh iste’dodlarni tayyorlash orqali mamlakat yashil iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qoʻshmoqda.

The Coca-Cola Company — dunyodagi yetakchi ichimlik kompaniyasi boʻlib, mahsulotlari 200 dan ortiq mamlakatlarda sotiladi. Kompaniya oʻzining asosiy maqsadini «dunyoni yangilash va uni yaxshi tomonga oʻzgartirish» deb hisoblaydi. Coca-Cola suv havzalarini toʻldirish, qadoqlarni qayta ishlash va uglerod izini kamaytirish orqali atrof-muhitga ta’sir qilishga intilmoqda.

TBC Bank Uzbekistan — Oʻzbekistondagi birinchi raqamli bank boʻlib, 2020-yilda tashkil etilgan. Mijozlarga FinTech platformasidan foydalangan holda xizmat koʻrsatadi va mobil ilova orqali xizmatlarni taklif qiladi. U «TBC Bank Group PLC» tarkibiga kiradi.

Payme — Oʻzbekistondagi yetakchi FinTech kompaniyalaridan biridir. 11,6 milliondan ortiq foydalanuvchilarga pul oʻtkazmalarini amalga oshirishi, mablagʻni boshqarishi, kommunal va xususiy xizmatlar uchun haq toʻlashi kabi toʻlov xizmatlarini taqdim etadi.

Eslatib oʻtamiz, «Narxdan qadr-qiymatgacha. Barqaror rivojlanish uchun iqtisodiyotni transformatsiya qilish» ESG forumi 4-iyul kuni soat 13:30 da Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida boʻlib oʻtadi. Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» ACWA Power kompaniyasi ESG forumining asosiy homiysi ekanligi haqida xabar bergan edi. UN Global Compact esa forumning bosh hamkoriga aylandi.

Shuningdek