Oʻzbekiston hokimlari Germaniyaga yuborildi
O‘zbekistonning bir qator tuman va shaharlari hokimlari malaka oshirish uchun Germaniyaning Bavariya shahriga yuborildi. Sayohat 7-iyulga qadar davom etadi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
Dastur O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xans Zaydel jamg‘armasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida tashkil etildi.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyaning davlat fuqarolik xizmati, mahalliy davlat hokimiyati tizimi, sarmoya jalb etish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bilan tanishadi.
Safarning birinchi kuni ishtirokchilar Xanns Zaydel jamg‘armasi Bosh kotibi Oliver Yorg va Myunxen okrugi meri Kristofer Gobel bilan uchrashishdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida 20 nafar hokim yordamchilari malaka oshirish uchun Xitoyga yuborilgan edi.