Yangiliklar

Qirg‘izistonda O‘zbekistondan tuyaqush va to‘tiqushlarni olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Parranda Daewoo Matiz avtomobilidan topildi
Foto: Piqsels

Qirgʻizistonlik fuqaro 160 bosh toʻtiqush va 6 ta tuyaqush joʻjalarini Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga noqonuniy olib kirishga urindi, deb xabar berdi Sputnik KR.

Qirg‘iziston chegarachilari qushlarni Daewoo Matiz rusumli avtomashinada topib olishdi. Umumiy qiymati 774,5 ming som (112,8 million so‘m) bo‘lgan tuyaqush va to‘tiqushlar olib qo‘yildi.

«Tegishli hujjatlar toʻldirilib, fuqaro va qushlar qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun vakolatli organlar xodimlariga topshirildi», deya aniqlik kiritdi Qirgʻiziston Chegara xizmati.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga kabutarlar kiritmoqchi bo‘lgani haqida yozgan edi.