Qurol olib yurishga doir hukumat qarori tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qurol olib yurishga doir ruxsatnomalarni litsenziyalash pasportlari belgilab berildi. Bu haqda hukumat qarori tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, yuridik va jismoniy shaxslar uchun fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, respublika hududiga olib kirish va olib chiqish, respublika hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnomalar pasportlari tasdiqlandi.
Shuningdek, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasporti ham belgilab berildi.
Shu bilan birga, endilikda tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korхonalari va koʻngilochar obyektlar tomonidan videoyozuvlarni majburiy saqlash muddati 30 kundan 15 kunga qisqarmoqda.
Avvalroq «Kursiv» AQSh prezidentining o‘g‘li noqonuniy qurol saqlashda aybdor deb topilgani haqida xabar bergan edi.