Senadagi kanalizatsiya: Parij Olimpiadasiga uch hafta qolganda daryoning suzishga yaroqsizligi ma‘lum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Xavfli moddalarning me’yoridan 10 baravar yuqoriligi aniqlangan
Foto: Euronews.com

Daryo suvidagi ifloslanish darajasi Parij meriyasi tomonidan o‘tkazilgan yangi suv tahlillariga ko‘ra aniqlandi. Bu haqda Euronews xalqaro nashri xabar berdi.

Ochilish marosimida xalqaro Olimpiya delegatsiyalari daryo bo‘ylab qayiqlarda sayr qilishlari kerak edi, ammo tadbir suvda kanalizatsiya bakteriyalarining xavfli konsentratsiyasi tufayli bekor qilindi.  18 va 20-iyun kunlari Senadan olingan namunalar E. coli va enterokokk bakteriyalarining xavotirli darajasi sport rasmiylari tomonidan belgilangan chegaralardan ancha yuqori ekanini aniqladi. Suvda E. coli Butunjahon triatlon federatsiyasi tomonidan belgilangan maksimal chegaradan 10 baravar ko‘p bo‘lgan va test paytida ham uning konsentratsiyasi umuman chegaradan pastga tushmagan. Enterokokk ham xavfsiz darajani ko‘rsatmadi. Daryoda 10 km masofaga erkin uslubda suzish va triatlon bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi kerak edi. O‘yinlardan so‘ng keng jamoatchilikning suzishi uchun qo‘yilgan 100 yillik taqiqni bekor qilish ham rejalashtirilgan edi. Biroq ba’zi tadbirlar va Olimpiadaning ochilish marosimi ushbu ifloslanish tufayli hali-hanuz so‘roq ostida qolmoqda.

Shuningdek, bir necha oylik nam ob-havo daryo oqimini odatdagidan to‘rt-besh baravar oshirib yubordi. Bo‘ronlar muntazam ravishda shaharning XIX asrda barpo etilgan kanalizatsiya tarmog‘ini to‘ldirib, tozalanmagan oqava suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri daryoga oqizdi. Tashkilotchilar kelgusi uch haftada bakteriyalarni maqbul darajaga tushirish uchun yetarli darajadagi quruq ob-havo va quyosh nuri bo‘lishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston delegatsiyasini Olimpiya oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek