Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga joʻnab ketdi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 3-iyul kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va «ShHT plyus» formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga joʻnab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi.

Oʻzbekiston prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish qaysi masalalarni muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek