Taxiatosh, Boʻston va Boʻka tumanlari hokim oʻrinbosarlari pora ustida ushlandi

eʼlon qilindi
Uchala korrupsion holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismining tegishli bandlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan
Foto: Ge.usembassy.gov

Uch tumanda korrupsiya holatlari aniqlangan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Hokim o‘rinbosarlaridan biri 32 million so‘m pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Jami 35 million so‘m talab qilgan. Hodisa Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumanida sodir bo‘lgan. U bu summani hokimlik balansidagi buzilishga tushgan uyni mahalliy fuqaroga buzish hamda chiqqan materiallardan foydalanish imkoniyatini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga talab qilgan.

Shunday korrupsion holat Andijon viloyatida ham yuz bergan. Yerni kavrak oʻsimligi ekish uchun tadbirkorga 3 yilga berish evaziga undan 20 ming AQSH dollar pora so‘ragan. DXX xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda ushbu mansabdorning avans sifatida 10 ming AQSH dollar pora olayotgan vaqtida ushlangan.

Yana bir korrupsioner mansabdor Toshkent viloyatida aniqlandi. FVV Boʻka tumani boʻlimi boshligʻi 2022-yilda qurilgan koʻp qavatli uy uchun «Qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisida davlat qabul qilish dalolatnomasi»ni tasdiqlatib berish evaziga 2500 AQSH dollar miqdoridagi pora so‘raydi. Ushbu shaxs DXX Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligidagi tadbirda pora olayotganida ushlandi.

Ayni paytda uchala korrupsion holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismining tegishli bandlari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Ushlangan shaxslarning barchasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq $40 mingga yer olib berishni va’da qilgan shaxs ushlangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek