Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi me’yordan ikki baravar yuqori
eʼlon qilindi
Ma’lumotlar IQAir portalida keltirilgan

3-iyul kuni ertalab soat 9:46 da Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi me’yordan ikki baravar ko‘p bo‘lgan. Ma’lumotlar IQAir portalida keltirilgan.
O‘zbekiston poytaxtidagi kuzatuv stansiyasi 53 AQIni ko‘rsatdi. PM2.5 kontsentratsiyasi JSST tavsiya qilgan yillik o‘rtacha havo sifatidan 2 baravar yuqori.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston poytaxtida 3-iyuldagi havo ifloslanishining bu natijasi eng yuqori ko‘rsatkich emas. Misol uchun bahorda havo 8,5 marta va undan ko‘p ifloslangan kunlar bo‘lgan.