Toshkentda “Kursiv”ning ESG forumi boʻlib oʻtadi
4-iyul, payshanba kuni «Kursiv» xalqaro biznes nashri poytaxtdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida «Narxdan qadr-qiymatgacha. Barqaror rivojlanish uchun iqtisodiyotni transformatsiya qilish» ESG forumini oʻtkazadi. Tadbirga ekspertlar, davlat organlari va yirik kompaniyalar vakillari taklif etilgan.
Forum toʻrtta sessiyani oʻz ichiga oladi. Soat 14:30 da «Hamma narsada tozalik: ekologik poklik biznesni rivojlantirish vositasi» muhokamasi boshlanadi. Unda qatnashuvchilar ekologiyaning tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri va kompaniyalarning investitsion jozibadorligini muhokama qiladi. Bundan tashqari, asosiy e’tibor «yashil» iqtisodiyot qoidalari va Oʻzbekistonning ESG standartlarini joriy etishga tayyorligiga qaratiladi.
Muhokamada Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishiga moslashish milliy markazi direktori, Oʻzbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri maslahatchisi Suna Park, «ACWA Power» kompaniyasining mamlakatdagi rahbari Jon Zaydi, UzGidro’ning Transformatsiyani amalga oshirish boshqarmasining boshligʻi Pahlavon Nurmatov, Qozogʻiston CAIER institutining ESG Consulting direktori Aigerim Ospanova va Huawei Uzbekistan direktori oʻrinbosari Suli Gayrat ishtirok etishadi.
15:25 da «Pulni qayerdan kutish kerak: ESG’ni rivojlantirishda xalqaro rivojlanish institutlarining roli» sessiyasi boshlanadi. Sessiya doirasida ESG sohasidagi rivojlanish institutlarining ishi koʻrib chiqiladi. Muhokama ishtirokchilari ushbu tuzilmalardan qanday yordam olish mumkinligini aytib berishadi. Sessiyada ACWA Power kompaniyasining Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti va moliyaviy direktori Axsen Said, Osiyo taraqqiyot bankining mamlakatdagi katta iqtisodchisi Begzod Jalilov, AmCham Uzbekistan ijrochi direktori Tatyana Bystrushkina va Istiqbolli loyihalar milliy agentligining kapital bozorini rivojlantirish boʻlimi maslahatchisi Sardor Qoʻshnazarov ishtirok etadi.
Uchinchi panel sessiyasi «ESG amaliyotlarining qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’siri» korporativ boshqaruv qoidalariga rioya qilish hamda global amaliyotning biznes oʻsishi va koʻlamini kengaytirish ta’siriga bagʻishlanadi. Muhokama soat 16:40 da boshlanadi. Unda Coca-Colaʼning Markaziy Osiyoda hukumat bilan aloqalar, kommunikatsiyalar va barqaror rivojlanish boʻyicha direktori Nazi Aripjanova, Kadrlar siyosati va kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi, Kapitalbank boshqaruvi a’zosi Oksana Lindina, UZINFOCOM strategik rivojlanish direktori Dildora Tursunova, EY Uzbekistan barqaror rivojlanish va iqlim oʻzgarishi xizmatlari departamenti katta maslahatchisi Kamila Salixboeva va SAG Group kompaniyasining HR boshqaruvi direktori Olesya Semenyak ishtirok etadi.
Forum #ESG_HAQIDA_aytib_ber sessiyasi bilan yakunlanadi. Uning tashkilotchilari orasida Uzbekistan ProTalks PR hamjamiyati joy olgan. Biznes maydonchasida respublikaning yetakchi nashrlar jurnalistlari va biznes vakillari barqaror rivojlanish loyihalarini ommaviy axborot vositalarida targʻib qilish masalalarini muhokama qiladi. Muhokamada ACWA POWER korporativ kommunikatsiyalar boʻlimi boshligʻi Janona Ahmedova, Nestléʼning Oʻzbekistondagi Nutrition kategoriyasi marketing menejeri Sanobar Abdukarimova, «Coca-Cola Icecek Uzbekistan» kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha direktori Kamola Azimova, MTO gaz-kimyo majmuasi vakili Andrey Kovalev, Qozogʻiston Barqaror rivojlanish jamgʻarmasi rahbari Daniyar Nurpeisov, «Beeline Uzbekistan» kompaniyasining KSM va ESG loyihalari boʻyicha katta menejeri Shahlo Usmonova ishtirok etadi.
ESG forumining asosiy homiysi ACWA Power, bosh homiylari esa Coca-Cola, Huawei, TBC Bank Uzbekistan va Payme hisoblanadi. Forumning rasmiy hamkori UN Global Compact boʻladi.
«ESG — shunchaki trend emas, balki biznesning muayyan qoidalarga muvofiq ishlashining obyektiv haqiqatidir. Biz ESG forumida bu qoidalar nimadan iboratligi, ularning bajarilishini kim va qanday nazorat qilishi haqida suhbatlashamiz», dedi KURSIV UZBEKISTAN BOSH MUHARRIRI ANASTASIYA NOVIKOVA.
ESG forumida ishtirok etish uchun havoladan oʻtish va formani toʻldirish kerak. Sessiyalarning borishini Kursiv medianing rasmiy «Youtube» kanalida ham onlayn koʻrish mumkin boʻladi. Shuningdek, Telegramʼda matnli translyatsiya rus va oʻzbek tillarida olib boriladi.