Yil boshidan buyon 20 ming fuqaro ipoteka kreditlariga subsidiya olish uchun ijobiy xabarnoma oldi

eʼlon qilindi
2024-yil rejasida subsidiya uchun 8,25 trln so‘m ajratilishi belgilangan
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

2024-yil hisobiga 20 ming nafar fuqaro subsidiya masalasida ijobiy javob olgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Shohruxbek Gʻaniyev ma’lum qildi.

Ortda qolgan 2020 – 2024-yillarda 55 007 nafar fuqaro olgan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya xabarnomalariga muvofiq foiz toʻlovlari uchun 418,8 mlrd soʻmlik subsidiya qoplab berilgan.

Bu yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha Davlat byudjetidan 8,25 trln soʻm resurslar ajratilishi rejalashtirilgan. Hozirgacha tijorat banklari tomonidan kelgan talabnomalarning barchasi qoplab berilishi hisobiga 3 trln soʻm, ya’ni rejaning 36,5 foiz qismidagi mablagʻlar ajratildi.

Ma’lumot uchun prezident boshchiligida 2024-yil 12-mart kuni o‘tkazilgan uy-joylar qurilishi sohasidagi yigʻilishda 2024-yilda tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan 6 trln soʻmlik ipoteka kreditlarini ajratish vazifasi mutasaddilar zimmasiga yuklangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq uy-joy subsidiyasi olish uchun qanday daromadga ega bo‘lishingiz kerakligi haqida post joylagan edik.

Shuningdek